
El-Shaaravini qo‘lga kiritgan "Shanxay Shenxua" Evropadan murabbiy ham olib kelmoqchi
Sobiq futbolchi va "Milan" klubi bosh murabbiy Jennaro Gattuzoni Xitoyning "Shanxay Shenxua"si jamoa murabbiyligiga taklif qilmoqchi.
"Football Italia"ning xabariga ko‘ra, italiyalik nomzodini Xitoy klubi ko‘rib chiqmoqda.
Manbaaning xabar qilishicha, mutahassis "Nyukasl" va Saudiyaning "Al-Xilol" jamoalarida ishlashi mumkin edi. Biroq, bu klublar yangi murabbiylarni tanishtirib bo‘lishgan.
"Shanxay Shenxua" mavsum oralig‘ida "Milan"dan El-Shaaravini olib kelgan edi.
Fikrlar