EL. "Yuventus" va "Sevilya" qiynalib chorak finalga chiqdi. "Feyenoord" esa "Shaxtyor"ni ayab o‘tirmadi

  • 17 mart, 2023, 00:45
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Evropa ligasining nimchorak final javob bahslari bo‘lib o‘tdi. "Yuventus" "Frayburg" mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda Vlaxovich va Keza gol urdi.

"Sevilya" safarda "Fenerbaxche"ga mag‘lub bo‘ldi, lekin birinchi o‘yindagi ikkita to‘p farqi ularni keyingi bosqichga olib chiqdi. 

"Feyenoord" o‘z uyida "Shaxtyor"ni umuman ayab o‘tirgani yo‘q. Klub 7:1 hisobida g‘alaba qozondi. Qiziqarlisi, ilk uchrashuvda durang natija qayd etilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!