
Eldor Shomurodov, Jaloliddin Masharipov, Husain Norchaev. Yilning "eng yaxshi futbolchisi" sovrini kimga nasib etadi?
Yil davomida o‘zini har jihatdan namoyish etgan holda futbolimiz jamoatchiligi e’tirofiga sazovor bo‘lgan futbolchi, futzalchi, murabbiy hamda yana ko‘plab futbol jonkuyarlarini taqdirlash maqsadida O‘FA hamda O‘zPFL mavsum yakunlariga bag‘ishlab yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi – UZ Football Awards tadbirini o‘tkazadi.
UZ Football Awards marosimi joriy yilning 25 dekabr kuni ZO’R TV ning Renaissance Hall tantanalar zalida bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchilar nominatsiyalar bo‘yicha nomzodlarni e’lon qilib bormoqda. Endi esa bu yil O‘zbekistonning “Eng yaxshi futbolchisi” sovriniga nomzodlarning kuchli (yakuniy) uchligi bilan tanishing:
• Jaloliddin Masharipov (“Shabab Al-Ahli”/“Al-Nassr”)
• Husain Norchaev (“Nasaf”)
• Eldor Shomurodov (“Jenoa”/“Roma”)
Fikrlar