
Eldor Shomurodov A Seriyada ilk bor shunday gol urdi
Italiya chempionati 16-turida "Sassuola" - "Jenoa" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Mehmonlarning ikki goliga Eldor Shomurodov bitta bilan javob berdi. E’tiborlisi, hamyurtimiz boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi "Rostov"dagi o‘yinlarida aynan boshi bilan darvozani ishg‘ol qilish orqali muvaffaqiyat qozongandi. Endi bu ishini Italiyada ham davom ettirmoqda.
Shomurodov ilk bor A Seriyada boshi bilan gol urdi. U birinchi marta 9-tur "Parma" darvozasiga oyoqda zarba berib, to‘p kiritgandi. Shomurodov "TOP-5" chempionatlarda gol urgan ilk o‘zbek futbolchisi sifatida tarixga kirgandi.
Fikrlar