
Eldor Shomurodov O‘zbekistonning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi!
Ishtirokchilarning barchasi sahnada esdalik uchun suratga tushishdi va marosim o‘z nihoyasiga etdi!
Eldor Shomurodov 2019 yili O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi!
Jurnalistlar ta’lqiniga ko‘ra, Vadim Abramov "yilning eng yaxshi murabbiyi" sovriniga loyiq deb topildi.
O‘zbekiston chempionatida yilning eng yaxshi murabbiyi deb, Shota Arveladze topildi.
Avvaldan ma’lum bo‘lganidek, yakuniga etgan mavsum to‘purari Dragan Cheran bo‘ldi.
Superliga-2019. "Yilning eng yaxshi futbolchisi" sovrini Dragan Cheranga nasib etdi.
Ramziy terma jamoa:
Darvozabon: Abduvohid Ne’matov ("Nasaf")
Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov, Farrux Sayfiev (ikkisi ham "Paxtakor"), Igor Golban ("Navbahor"), Sardor Qulmatov ("So‘g‘diyona")
Yarim himoyachilar: Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), Jamshid Iskanderov ("Lokomotiv"), Xurshid G‘iyosov ("Bunyodkor")
Hujumchilar: Dragan Cheran ("Paxtakor") va Humoyun Murtazoev ("Nasaf").
Umidaxon Zairova: "Hammaga Assalomu aleykum! Avvalambor, jamoamga va murabbiylarimizga va meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga kattakon rahmat!"
Umidaxon Zairova "yilning eng yaxshi ayol futbolchisi" bo‘ldi.
Sevara Nazarxonga O‘zbekiston terma jamoasi libosi sovg‘a qilindi.
Akbar Usmonov "yilning eng yaxshi futzalchisi" bo‘ldi.
"Fair Play" sovrini "Nasaf" klubiga nasib etdi.
Valentin Kovalenko 2019 yilning eng yaxshi hakami!
"Yilning eng chiroyli goli" sovrini "Metallurg" futbolchisi Muzaffar Muzaffarovga nasib etdi.
To‘lagan Isoqov Jasur Jaloliddinovga "yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" sovrinini topshirdi.
Eng yaxshi yoshlar murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev deb topildi.
Eng yaxshi hududiy assotsiatsiyasi sovrinini Andijon viloyat futbol assotsiatsiyasiga Birodar Abduraimov topshirdi.
San’atkorga futbolchilarning dastxatlari tushirilgan to‘p sovg‘a qilindi.
Musiqiy tanaffus! Jenisbek Niyozov jonli ijroda kuylamoqda!
"Navbahor" jamoasi muxlislar tashrifi bo‘yicha tengsiz deb topildi!
Odil Ahmedov "fidoiylik ramzi" sovrini sohibi!
O‘zbek futboli nuroniysi sovrini Narimon Jalolovga topshirildi.
2019 yil qanday o‘tgani borasida mahsus rolik namoyish etilmoqda.
O‘FAning yillik hisobot kongressi boshlandi va so‘zga Avaz Mahsumov chiqdi.
Jasur Jaloliddinov: "Mavsum boshida, Abramov menga ishoninglar barchasi yaxshi bo‘ladi deganlarida, ko‘pchilik ishonmagan edi va ko‘rib turganingizdek, ajoyib yakun bo‘ldi."
Xurshid G‘iyosov: "Albatta, boshida hech kim ishonmagandi va sovrinli o‘rinda yakunladik. Endi chempionlar ligasining guruh bosqichiga yo‘llanma olishga harakat qilamiz."
Odil Ahmedov: "Bu yilgi mavsumdagi o‘yinlarini klubda ham, terma jamoadagi o‘yinimni ham o‘rtacha baholagan bo‘lardim. Men o‘zimda kuchim bor deb o‘ylayman va shuning uchun, "Shanxay" yozda taklif qilgan 1+1 ko‘rinishidagi bitimga rozilik berdim. Katta ehtimol bilan kelasi yilni ham Xitoyda o‘tkazaman."
Jaloliddin Masharipov: "Avvalambor Assalomu Aleykum! kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan barchani qutlayman! Ortda qolgan mavsumni yaxshi o‘tkazdik, faqatgina ChLda maqsadimizga etisha olmadik, kelasi mavsum bunga harakat qilamiz. Bu turnirda kichik xatolar evaziga gollar o‘tkazib yubordik. Bir kishini ayblamaymiz, barchamiz aybormiz."
Jamshid Iskandarov: "Rossiyadan takliflar bo‘layotgani haqidami? Bu hozircha sir bo‘lib tursin. Ammo bunday gap-so‘zlar ham bekorga urchimaydi. Albatta, qiziqishlar bor."
Farrux Sayfiev: "Assalomu aleykum! Kelayotgan ayyom bilan barchani tabriklayman. Chldan boshqa qolgan barcha vazifalarimizni uddasidan chiqdik. Kelasi mavsum chempionlar ligasida natija ko‘rsatishga intilamiz."
Eldor Shomurodov: "Menga markaziy hujumda o‘ynash eng qulay pozitsiyadur. Haqiqatdan ham 2019 yil faoliyatimdagi eng omadlisi bo‘ldi. Ushbu yildagi eng muhim voqea bu Osiyo chempionati bo‘ldi va qolgan uchrashuvlar ham albatta yodimda qoladi. Yilning eng yaxshisi bo‘lishni esa albatta kutayapman. Kelajagimni "Rostov" hal etadi. Klub bilan 3 yillik shartnomam bor. Jamoam xohishimni biladi va men Evropa klublarida to‘p surishni xohlayman. Katta ehtimol bilan "Rostov"da yozgacha qolaman."
Marosimga bir qator taniqli shahslar etib kelishmoqda.
Unda quyidagi nominatsiyalarda eng yaxshilar taqdirlanadi:
- O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi
- O‘zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi
- O‘zbekistonda yilning eng yaxshi hakami
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi;
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi murabbiyi;
- O‘zbekiston chempionatining eng chiroyli goli;
- Superliga-2019 to‘purari;
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi;
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi ayol futbolchisi;
- O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futzalchisi.
Qolaversa, sizni bir qator syurprizlar ham kutmoqda! Taqdirlash marosimini soat 16:30 dan e’tiboran matnli translyatsiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin.
Toshkentdagi "Zarafshon" zalida ortda qolgan mavsumning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar