
Eldor Shomurodovdan oldin MTJ libosida so‘nggi bor kim xet-trik qilganini eslaysizmi?
"Navruz Cup" turniri finalida O‘zbekiston Ugandani 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yinning eng yaxshisi bo‘lgan Eldor Shomurodov o‘z xet-trigi bilan terma jamoamizga g‘alaba va yakunda sovrin taqdim etdi. Biz "oq bo‘rilar" libosida so‘nggi bor kim bir bellashuvda 3 ta gol urganini eslashga harakat qilib ko‘rdik.
2009 yilning 28 mart sanasida o‘tkazilgan JCh-2010 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Qatar uchrashuvida shunday holat kuzatilgan. "Paxtakor" stadioni mezbonlik qilgan qarama-qarshilik vakillarimizning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
O‘shanda O‘zbek futboli tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri Farhod Tojiev 53 daqiqa ichida qatarliklar darvozasini 3 bor ishg‘ol qilgan edi.
Fikrlar