
Eldor Shomurodovning klubi "Rostov" yozgi transferni qanday o‘tkazmoqda?
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov "Rostov" bilan yaqindagina shartnomasini uzaytirgandi. Eldordan tashqari, klubning yoqimtoy futbolchisiga aylangan Roman Eremenko bilan ham yangi bitim tuzildi. 32 yoshli futbolchi qishda "Spartak" bilan shartnomasini bekor qilib, Karpin qo‘l ostidagi jamoaga kelgandi. 18 bor maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta assistentlik qilgan Roman jamoa bilan yana 4 yilga shartnoma imzoladi.
Ushbu yozda "Rostov"ning 38 yoshli legendasi Timofey Kalachev faoliyatini yakunladi. Timofey "Rostov" uchun 11 mavsumni o‘tqazdi. Klubning og‘ir kunlarida ham tark etmadi. "Ko‘k-sariqlar"ning muxlislari qalbidan joy ola bildi.
Kalachev butsalarini mixga ilarkan, press konferetsiyada shunday dedi: "Men o‘zimni huddi-ki 2 ta insondek his qilyapman. Ulardan biri: balki yana o‘ynarmiz? Ikkinchisi esa, "toming ketgan"mi? Bema’nilikni to‘htat. Shubhasiz ko‘proq o‘ynashni istayman, lekin ketishga qaror qildim".
24 iyunda ma’lum bo‘ldi-ki, Valeriy Karpin jamoasiga Sergey Parshivlyuk ham yordam bermaydi. "Rostov"dagi ikki yillik faoliyatidan so‘ng, Sergey Moskvaning "Dinamo"siga o‘tdi.
"Rostov" yozgi transferlar oynasida ilk xaridini himoyachidan boshladi. "Tambov" jamoasida FNL chempioni bo‘lgan 25 yoshli Dmitriy Chistyakov 7 iyun kuni "Rostov"ga ko‘chib o‘tgani ma’lum bo‘ldi. Keyinroq FNLning yana bir jamoasi "Baltika"dan 21 yoshli markaziy yarim himoyachi Aleksandr Saplinov ham "Rostov" futbolchisiga aylandi. Saplinov yangi klubi bilan 4 yillik bitimga imzo chekdi. U o‘tgan mavsumda 13 bor maydonga tushib, 6 ta gol urdi va bir bor assistentlik vazifasini bajardi.
Bundan tashqari "Rubin"da ijarada to‘p tepgan Xoren Bayramyan va yana bir ijarada Tulaning "Arsenal" jamoasida o‘ynagan Riziuan Mirzov qaytib kelishdi.
Fikrlar