
Eldor Shomurodovning sobiq jamoasida moliyaviy muammo kuzatilyapti
"Rostov" moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
"Match TV"ning xabar berishicha, rostovliklar 4 oydan buyon futbolchilarga maosh bermayapti. Bunday holat klubda birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q, 2019 yildan beri kuzatilyapti. Avval ham maoshlar kechikkan, biroq yakunda to‘lab berilgan edi.
Ma’lumot uchun, "Rostov" ayni damda Rossiya chempionatida 18 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 2017-20 oralig‘ida shu klub safida harakat qilgan.
Fikrlar