
“Eldor tez orada A Seriya grandlaridan biriga o‘tadi!”
Eldor Shomurodov A Seriyadagi birinchi golini urdi. Uning o‘yini ijobiy tomonga o‘zgarayotgani futbolchimizning Italiya futboliga moslasha boshlaganidan dalolat beradi. Hujumchimiz jamoasining oxirgi ikki uchrashuvini boshlang‘ich tarkibda boshlab, bitta golli pas va gol muallifi bo‘ldi.
“Jenoa” muxlislar klubning feysbukdagi rasmiy sahifasida Shomurodov haqidagi fikr-mulohazalarini bildira boshladi.
Sports.uz portali e’tiboringizga ana shu fikrlarning tarjimasini havola etadi.
Erik Noce
Shomurodovning salbiy jihatlarini qidiravermaslik kerak. Yaxshi lahzalar haqida gaplashaylik. Masalan, Shomurodovning zo‘r o‘ynay boshlagani, gol urgani va golli pas uzatgani haqida suhbatlashaylik.
Vincenzo Spitaletta
Eldor tez orada A Seriya grandlaridan biriga o‘tadi! Hali ko‘rasizlar!
Alessio Mammoliti
Shomurodov o‘zini ko‘rsata oldi. Markaziy hujumchi qanday harakat qilish kerak bo‘lsa, xuddi shunday o‘ynadi. Bravo! Zarbaga gap yo‘q!
Marco Pasquini
Shomurodov oxirgi ikki o‘yinda gol urdi va golli pas uzatdi. Bu hali jarohatdan endi chiqqan va jamoaviy o‘yinga kirishib ketmagandagi holat. U yog‘iga nimalar bo‘lishini tasavur qilavering!
Edoardo Orellana
Shomurodovdan hayratlanarli ajoyib gol! Oxirgi paytda u juda zo‘r!
Paing Taw
Shomurodovning jamoa tanlashda omadi chopmadi. “Jenoa” A Seriyadagi eng “aqlsiz” jamoa. Ularning joyi V Seriyada. Ko‘rasizlar, bu ajoyib hujumchi ular orasida ancha qiynaladi.
Stefano Torre
Shomurodov bu o‘yinda “Jenoa” uchun haqiqiy jang qilgan yagona futbolchi. Qolgan o‘yinchilar uyalishi kerak!
Massimo Gandolfo
Shomurodovning o‘yini yoqdi. Doim raqib darvozasiga xavf solib turdi. Kerakli paytda, murakkab vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilib, gol urdi. Hujumda shu darajada zo‘r o‘ynash – hujumchining haqiqiy mahoratidan darak beradi.
Giorgio Gazzo
Shomurodovni nega zaxiraga olishyapti? Skamakkaning o‘yini nol, lekin uni maydonda qoldirishyapti. Maranga jamoadan haydalish uchun yana bir mag‘lubiyat kerak shekilli!
Eldor Shomurodov “Parma”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda “Jenoa”ning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. U murakkab vaziyatdan gol bilan chiqib ketishdan tashqari, jamoadoshlarini ikki marta qulay vaziyatga chiqardi. Ko‘pchilik o‘zbek futbolchisi 69-daqiqada zaxiraga olinmaganida genuyaliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolardi, deb hisoblamoqda.
Futbolchilarning o‘yinini baholab boradigan whoscored.com statistika portali ushbu uchrashuvda Shomurodovga eng yuqori - 7.7 ball berdi.
Fikrlar