
Elina Svitolina Xitoydagi yurishini davom ettiradi
Ukrainalik tennischi Elina Svitolina Pekin shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda latviyalik Anastasiya Sevastova bilan o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqaning birinchi davrasidan joy olga ushbu uchrashuvda Elina raqibini 6:7, 6:1, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa "China Open"ning ikkinchi davrasiga yo‘l olgan Svitolina endi xitoylik Yafan Vanga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.
Fikrlar