Elit OChL. "Nasaf" ikkinchi bo‘limda kambek qurboni bo‘lib, turnirni mag‘lubiyat bilan boshladi
Elit Osiyo Chempionlar ligasining 1-turidan o‘rin olgan "Al-Axli" - "Nasaf" klublari ishtirokidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi.
"Ajdarlar" uchrashuvning ikkinchi bo‘limida 4 bora darvozasidan to‘p olib chiqqan holda, kambek qurboni bo‘ldi va mag‘lubiyatga uchradi (4:2).
Dastlab, birinchi bo‘limning 33 va 41-daqiqalarida hamyurtimiz Husayn Norchaev 2 ta gol urib, dublni rasmiylashtirgan edi. 65 va 68-daqiqalarda esa Enzo Miyo ham 2 bora o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shu bilan birga, o‘yinning asosiy vaqti yakunlangandan so‘ng uchrashuvga 11 daqiqa qo‘shib berildi va 90+4-daqiqada "Manchester Siti"ning sobiq hujumchisi Riyad Mahrez Saudiya klubini oldinga olib chiqdi. Bundan tashqari, 90+15-daqiqada Muhammad bin Sulaymon bin Muhammad Bakor ham gol urib, o‘yin taqdirini hal qildi. "Nasaf" esa turnirni alamli mag‘lubiyat bilan boshlamoqda.
- Osiyo - AFC Champions League Elite
- League Stage
Al Ahli
- Enzo Millot 65'
- Enzo Millot 68'
- Riyad Mahrez 90'
- Mohammed Sulaiman 90'
15.09.2025 23:15
Nasaf
- Khusayin Norchaev 34'
- Khusayin Norchaev 41'

Fikrlar