
Elnur Abduraimovning jangi muddatidan oldin yakunlandi (video)
Professional bokschimiz Elnur Abduraimov Golden Boy Fight Night boks oqshomi doirasida meksikalik Leonel Morenoga qarshi jang o‘tkazdi. 10 raund etib belgilangan bahs 1-raundda o‘z nihoyasiga etdi va unda Abduraimov raqibini nokautga uchratgan holda g‘alaba qozondi. Shu tariqa u IBF Shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamari egasiga aylandi.
Mazkur jangdan so‘ng, Abduraimovning statistikasi 10-0 (9 nokaut) ko‘rinish oldi.
Fikrlar