Elnur Abduraimovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum!

  • 5 dekabr, 2022, 12:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

17 dekabr kuni Meksikaning Meksikali shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. 

Mazkur kechada hamyurtimiz Elnur Abduraimov ham navbatdagi jangini o‘tkazadi. Engil vazn (61,2 kg) toifasida faoliyat yuritadigan vakilimizga meksikalik Kiristian Bielma raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Bielma faoliyati mobaynida 19 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat va 2 durang qayd etgan.G‘alabalarining 7 tasini muddatidan avval qo‘lga kiritgan. Hamyurtimiz esa 10 ta jang, barchasida g‘alaba va 9 ta nokaut qayd etgan.

IMG_20221205_122447_973

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!