
Elyorbek Jo‘raboev shiddatli kechgan jangda imkoniyatni boy berib qo‘ydi
Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyungacha Tailandda boks bo‘yicha "Thailand Open" turniri bo‘lib o‘tadi.
Bugundan yarim final bahslari start oldi.
-90 kg yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Elyorbek Jo‘raboev va Hindiston vakili Naman Tanvar jangi o‘z nihoyasiga etdi. Shiddatli va murosasiz kechgan qarama-qarshilikda bokschimiz ochkolar evaziga imkonyatni boy berib, musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz Sabina Boboqulova va ukrainalik Marinchuk Yaroslava to‘qnashuvi kutmoqda.
Fikrlar