Emeri: "Chelsi" g‘olib bo‘lishga loyiq o‘yin ko‘rsatdi

  • 30 may, 2019, 05:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa ligasi final bahsida "Chelsi"ga qarshi uchrashuv natijalari (4:1) haqida o‘z fikrini bildirdi.

- Avvalam bor, "Chelsi"ni g‘alaba bilan tabriklayman, birinchi bo‘limda "Arsenal" ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, bir necha marotaba raqib darvozasi oldida yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Biroq ushbu vaziyatlardan foydalana olmadik.

Tan olish lozim, raqibimizning birinchi va ikkinchi gollari bizning o‘yinga bo‘lgan nigohimizni butunlay o‘zgartirdi. Darvozamizdan ikkinchi marta to‘p olib chiqqanimizdan so‘ng, "Arsenal" gol urishi uchun o‘ziga imkoniyat yarata olmadi. Bugun "Chelsi" g‘alaba qozonish uchun loyiq o‘yin ko‘rsatdi, - dedi Emeri uchrashuvdan so‘ng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!