Emeri yana Frantsiya chempionatiga qaytishi mumkin

  • 25.12.2019 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Yaqindagida “Arsenal”dan iste’foga chiqarilgan Unai Emeri yana Frantsiya chempionatiga qaytishi mumkin. Bu haqda Le10Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra ispaniyalik mutaxassisning xizmatlariga “Monako” klubi jiddiy qiziqib qolgan. Ma’lumotlarga qaraganda monakoliklar vakillari allaqachon Emeri bilan bu borada aloqaga chiqishgan.

Ta’kidlash kerakki, "Monako" shuningdek "Valensiya" ustozi Marselino Toral nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Monako” rahbariyati bosh murabbiy Leonardu Jardimni iste’foga chiqarishga qaror qilgan. Jamoa ayni damda Frantsiya chempionatida 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!