Emiliano Martines APLda qolishni ko‘proq o‘ylamoqda

  • 15 iyun, 16:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi va "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines faoliyatini boshqa APL klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Leo Paradizo xabar berdi.

Tecno

"Manchester Yunayted" klubi 32 yoshli darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda va futbolchi bilan muzokaralarni boshlagan. Martinesning transfer bahosi taxminan 20 million evroni tashkil etadi. U o‘tgan mavsumda "Aston Villa" tarkibida 53 ta o‘yinda maydonga tushdi va 16 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqladi.

Bir necha manbalarning xabariga ko‘ra, darvozabonning olib kelinishiga asosiy sabab, o‘tgan mavsum Onananing muhim bellashuvlardagi qoniqarsiz natijalari va ishonchsiz o‘yini bo‘lmoqda

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha kuchda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!