Endi bizda ikkita “General” bor: Biri – Husanov!

  • 16 fevral, 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Abduqodir Husanov Angdiya Premer-ligasining 25-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” va “Nyukasl” o‘rtasidagi uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.

Tecno

Qizig‘i shundaki, “qarg‘alar” qishki transferlar vaqtida o‘zbek futbolchisini qo‘lga kiritishga juda yaqin kelgandi. Husanovda keyinchalik “shaharliklar” varianti paydo bo‘ldi va legionerimiz Manchesterni tanladi.

Nufuzli manbalardan biri – givemesport.com jurnalisti Robin Mamford manchesterliklarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda Abduqodir Husanovning harakatlariga baho berdi. Shuningdek, maqolada muxlislarning o‘zbek futbolchisiga munosabatini ham keltirib o‘tdi.

- Noxush debyut futbolchi kelajagini belgilamaydi, balki bu holatda qanday harakat qilish muhim hisoblanadi. “Nyukasl” bilan o‘yinda 4:0 hisobidagi g‘alabadan keyin Umar Marmush xet-trik sohibi sifatida matbuot sahifalaridan joy olgan bo‘lsa, Abduqodir Husanov himoyadagi ishonchli o‘yini bilan olqishlarni qabul qilmoqda.

“Nyukasl”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv 20 yoshli o‘zbek futbolchisi to‘g‘ri yo‘lni tanlaganini, “Siti” unga ishonch bildirishi asosli ekanini namoyish etdi.

Umar Marmush va Erling Xoland hujum chizig‘ida raqib himoyasini “yondirayotgan” bir pallada, maydonning bu tomonidagi himoyachilar o‘z ishini xotirjamlik bilan bajarayotgan edi. Bunga yorqin misol – Husanov.

20 yoshli markaziy himoyachi uzatgan 68 ta pasdan 63 tasi, ya’ni 94 foizi manzilgan aniq etib bordi, raqib jarima maydonchasi atrofiga uchta xavfli to‘p uzatilishini amalga oshirli, sakkiz marotaba himoyaviy harakatlarni bajardi, barcha yakkakurashlarda g‘olib chiqdi va biror marta raqibga aldangani yo‘q, - deb yozdi givemesport.com jurnalisti Robin Mamford.

“Manchester Siti” muxlislari Abduqodir Husanovning faol harakatlari va ishonchli o‘yinini bee’tibor qoldirgani yo‘q.

Fanatlar ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi fikr-mulohazalarni bildirdi:

“Endi bizda ikkita “General” bor, biri Husanov, ikkinchisi Stouns”,

“Abduqodir aqlbovar qilmas himoyachi”,

“Husanov biz uchun yangi Vensan Kompani bo‘ladi”,

“Husanovning asabi metin ekan”,

“Husanov duellarda engilmadi, birga bir vaziyatdan o‘tib bo‘lmas devor ekan”,

“Abduqodir o‘z ishini xotirjam bajardi”,

“O‘zbek himoyachisi Rikoning kamchiliklarini yopdi”,

 “Husanov tezkor, jiddiy va ayovsiz o‘ynaydigan himoyachi ekan”,

“Abduqodir jamoadagi o‘rnini topdi”.

Ekspertlarning fikricha, Abduqodir Husanov jamoaning etakchi markaziy himoyachilari hisoblangan Ruben Diash, Jon Stounz va Maniuel Akanji o‘rnini bemalol egallay oladi, bundan tashqari, zarur paytda  o‘ng qanotda Riko Lyuis pozitsiyasini ham yopa oladi.

Shuningdek, mutaxassislar uchrashuvda Abduqodir Husanov mohir to‘purar Aleksander Isaak boshchiligidagi “Nyukasl” hujumchilari harakatini cheklab qo‘ygani, iqtidorli himoyachining har qanday raqibga qarshi o‘ynay olishidan dalolat ekanini ta’kidlamoqda.

Endi “Manchester Siti”ni oldinda ikkita murakkab to‘qnashuv kutib turibdi. “Shaharliklar” 19 fevral kuni Madridda “Real” mehmoni bo‘ladi. 23 fevralda esa, manchesterliklarni Premer-liga peshqadami “Liverpul” bilan uy uchrashuvi kutib turibdi.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ushbu bo‘lajak bellashuvlarda Abduqodir Husanovga bemalol ishonch bildirishi mumkin...

Shomurodov Evropa ligasida o‘ynamagani sababi ma’lum bo‘ldi!

Gvardiola Husanovni o‘ynatish masalasida nimalar dedi? Muxlislarchi?

O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqish imkoniyati qanday baholandi?

Fayzullaev Evropaga ketadigan qancha o‘zbek futbolchisi borligini aytdi

Fayzullaev Husanov muhim voqeaga sababchi bo‘lganini aytdi!

Fayzullaev asosiy tarkibdan chiqarildimi?
Fayzullaev xavotirga solyapti!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!