Gvardiola Husanovni o‘ynatish masalasida nimalar dedi? Muxlislarchi?

  • 15 fevral, 07:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tarkib tanlashda jiddiy muammoga duch keladigan bo‘ldi.

Tecno

Jamoaning asosiy himoyachilaridan biri Manuel Akanji Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida “Real”ga qarshi o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda jiddiy jarohat oldi.

29 yoshli futbolchi endi jarrohlik stoliga yotadi. Kamida 10 hafta davomida jamoaga yordm bera olmaydi. Bu muddat ichida “shaharliklar” bir nechta muhim o‘yinda maydonga tushishi belgilangan.

Ko‘pchilik muxlislarni Akanjining o‘rnini kim egallashi qiziqtirmoqda. Xususan, jurnalistlar bu haqda Xosep Gvardioladan ham so‘rashdi. Nomzodlar orasida Abduqodir Husanovning nomi ham tilga olinmoqda.

Sports.uz portali bu masala bo‘yicha “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola va jamoaning ashaddiy muxlislari bildirgan fikr-mulohazalarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

Xosep Gvardiola:

Ikki nafar yangi himoyachimiz – Abduqodir Husanov va Vitor Reys zarur paytda “Manchester Siti”ga yordam berishi mumkinmi? Ular markaziy himoyachilar hisoblanadi. Biz Manuel Akanjini o‘ynatayotgan pozitsiya o‘ng qanot himoyasi. Yangi futbolchilarga bu joyda barqaror etishmasligi mumkin. Lekin baribir kimdir o‘ynashi kerak.

Mening ixtiyorimda Riko Lyuis bor, Mateus Nunes ham bor. Abduqodir Husanov bu pozitsiyada samarali o‘ynab, bizga yordam bera oladimi, yo‘qmi hali buni aniq bilmaymiz. Bu biz tanlaydigan o‘yin uslubi, qanday hujum qilib, qay tariqa himoyalanish taktikamizga bog‘liq bo‘ladi. Bu masalani yana o‘rganib chiqamiz.

Rik:

Biz muxlislar Akanjini sog‘inib qolmasak kerak. Keyingi paytlarda bu himoyachi ko‘p xato qilayotgan edi. Baribir bir kun kelib joyini boshqa o‘yinchilarga bo‘shatib berishi kerak edi. Endi davolanish vaqtida yuqori darajaga qanday qaytish masalasila bosh qotirishga vaqti bo‘ladi.

MU:

Akanjiga salomatlik tilaymiz. U muntazam tarkibdan joy olib kelayotgan edi. Agar Jon Stouns salomat bo‘lib tursa, tayanch yarim himoyachi pozitsiyasiga o‘tishi kerak. Chunki Mateo Kovachich ancha bo‘sh o‘ynayotgan jamoamizda o‘z vazifasini uddalay olmayapti.

O‘ylashimcha, bundan buyon Riko Lyuis va Abduqodir Husanov asosiy tarkibdan muqim joy olish uchun o‘zaro raqobatlashadi.

Jeyms:

Akanjining safdan chiqishi yangi kelgan himoyachilar uchun asosiy tarkibga kirish uchun yangi imkoniyatdir. Jon Stounsning qaytishi bilan himoyadagi etishmovchiliklar barham topadi. Men himoya markazida Gvardiol, Dias, Reys va Husanovni ko‘rishni istayman. Ulardan yuqoriroqda Jon Stouns o‘ynasin.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida kuchli to‘rtlikka kirib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqda. Shuningdek, Xosep Gvardiola shogirdlari Evropa Chempionlar ligasi va Angliya kubogi kabi muhim musobaqalarda ishtirokini davom ettiryapti.

Fayzullaev Evropaga ketadigan qancha o‘zbek futbolchisi borligini aytdi

Fayzullaev xavotirga solyapti!
Husanov yana gol uradi! “Manchester Siti” Angliya kubogida sensatsiya ko‘targan o‘ta xavfli raqibga ro‘baro‘ bo‘ldi
Fayzullaev Husanov muhim voqeaga sababchi bo‘lganini aytdi!
Fayzullaev asosiy tarkibdan chiqarildimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!