Fayzullaev Husanov muhim voqeaga sababchi bo‘lganini aytdi!

  • 14 fevral, 07:42
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Keyingi yillarda o‘zbek futbolidan etishib chiqqan yosh iste’dod egalari orasida eng yorqin nomlar, shubhasiz, Abbosbek Fayzullaev va Abduqodir Husanov hisoblanadi.

Bu ikki futbolchi xalqaro miqyosidagi faoliyati davomida O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarida birga  o‘ynab keldi va ayni paytda milliy jamoaning etakchilariga aylangan. Har ikkimining maqsadi O‘zbekistonni tarixda ilk bor jahon chempionatiga olib chiqishdan iborat.

Aynan Abbos va Abduqodir O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo chempionatida finalga chiqib, Parij Olimpiadasiga yo‘llanma olishiga katta hissa qo‘shgan edi. O‘tgan yoz futbolchilarimiz Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgani tarixiy voqea sifatida qayd etildi. Endi navbat – jahon chempionatiga!

Bu ikki yosh talantlar faoliyatini kuzatar ekanmiz, qiziq holatga guvoh bo‘lamiz. Abbosbek Fayzullaev 2023 yilning yozida “Paxtakor”dan TsSKAga ko‘chib o‘tgani va Rossiya Premer-ligasida birdaniga porlaganidan keyin hujumkor futbolchimizning Evropaga ketishi haqida juda ma’lumotlar chiqarildi.

Xususan, Abbosga “Bavariya”, “Parma”, “Vilyarreal”, “Monako” kabi bir necha klublar qiziqayotgani ko‘p bor yoritildi. Biroq birorta vaziyatda ish amaliy taklif va rasmiy muzokaragacha etib bormadi. Fayzullaevning Evropaga ketishi hamon eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.

Bu borada Abduqodirning faoliyatida juda tez ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. “Energetik-BGU”da professional darajada bir yil o‘ynagan Husanov 2023 yilning yozida kutilmaganda Frantsiyaning o‘sha paytdagi vitse-chempioni “Lans”da paydo bo‘ldi. Kuchli beshlik ligalaridagi bu jamoaga 19 yoshida qo‘shilgan himoyachiga Evropada nom qozonishi uchun bir yarim mavsum kifoya qildi.

Yigirmaga yaqin qudratli klublar da’vogarlik qilgan Husanovni “Manchester Siti” qo‘lga kirita oldi.

Abbosbek Fayzullaev do‘sti Abduqodirning jahonning eng zo‘r klublaridan biriga ko‘chib o‘tganiga quyidagicha munosabat bildirdi.

- Abduqodir Husanov bilan “Manchester Siti”ga o‘tishidan oldin gaplashgan edik. Bu transfer butun O‘zbekiston futboli, o‘zbek xalqi  uchun ulkan va muhim voqea bo‘ldi.

Dunyoning eng zo‘r klublaridan hisoblangan “Manchester Siti” uchun o‘ynash – juda katta ish.

Hammamiz Abduqodirdan faxrlanamiz, uning o‘yinlarini hayajon bilan kuzatib boryapmiz.

 O‘zim do‘stim “Siti” uchun ilk golini urgan o‘yinni tomosha qildim. Butun O‘zbekiston unga muxlislik qilyapti. Endi “Manchester Siti”ning muxlislari soni keskin oshib ketgani aniq, - dedi Abbosbek Fayzullaev.

Ayrim ekspertlar Husanovning “Manchester Siti”ga transferi Evropa klublarining o‘zbek futboliga ko‘proq e’tibor qaratishiga xizmat qilishini ta’kidlamoqda. Shunday ekan, boshqa futbolchilarimiz, xususan, Abbosbek Fayzullaevning ham do‘sti Abduqodir ortidan “ko‘hna qit’a”ning kuchli ligalariga ko‘chib o‘tishini kutib qolamiz.

Husanovga vaqt beriladi!

O‘zbek legionerining jamoada nomi bor, o‘zi yo‘q!

Raneri o‘yini o‘zgargan Shomurodov haqida nimalar dedi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!