Shomurodov Evropa ligasida o‘ynamagani sababi ma’lum bo‘ldi!

  • 15 fevral, 19:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” joriy mavsumda ikki frontda kurash olib borishiga to‘g‘ri kelmoqda. Klaudio Raneri jamoani A Seriyada to‘qqizinchi o‘ringa ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. “Bo‘rilar” yanada yuqori pozitsiyalar uchun harakat qilmoqda.

Rim klubi mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashi uchun Evropa ligasida g‘olib chiqishi kifoya. Hozircha bunga imkon bor. “Roma” nufuzli xalqaro musobaqaning pley-off bosqichi o‘tish o‘yinida “Portu” bilan raqobatlashmoqda.

Portugaliyada bo‘lgan birinchi uchrashuvda kuchlar teng keldi – 1:1. Biz uchun e’tiborli jihati bungacha A Seriya va Italiya kubogi doirasidagi uchta bahsdan ikkitasida boshlang‘ich tarkibda o‘ynagan Eldor Shomurodov “Portuga” bilan bo‘lga bellashuvdan umuman ko‘rinmadi.

“Roma” bu bahsda juda qiynaldi. Jamoa etakchisi Paulo Dibala birinchi bo‘limning o‘zida jarohat tufayli o‘yindan chiqdi. Bosh hakam      Tobias Shtiler rimliklarga sakkiz marotaba ogohlartirish berdi. Brayan Kristante sakkiz daqiqa ichida ikki marta sariq kartochka oldi va maydonni tark etishiga to‘g‘ri keldi.

Klaudio Raneri “Portu”ga qarshi bellashuvda Eldor Shomurodovning xizmatidan foydalanmagani sababi endi ma’lum bo‘ldi. “Roma”da markaziy hujumchilar etishmovchiligi bor. Taqvim tig‘izligi tufayli murabbiylar shtabi kutilmagan qarorlar chiqarishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Italiya matbuotining yozishicha, Klaudio Raneri Eldor Shomurodovni 16 fevral kuni A Seriyaning 25-turi doirasida safarda “Parma”ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda ilk daqiqalardan o‘ynatishni rejalashtirgani bois, Portugaliyadagi bahsda legionerimizga dam bergan.

- Tarkibdan joy olgan bir o‘yinchi 72 soat farqi bilan yuqori saviyada o‘yin namoyish qila olmaydi, - dedi Klaudio Raneri.

Bu masalaga nufuzli manbalardan biri – siamolaroma.it sayti quyidagicha izoh berdi.

- Tommazo Baldantsi va Eldor Shomurodov “Parma”ga qarshi o‘yinda boshlang‘ich tarkibdan joy olishi kutilmoqda. Chunki “Roma” oldida Evropa ligasining javob uchrashuvida “Portu” masalasini hal qilishdek jiddiy vazifa turibdi.

Shu bois, “Parma” bilan bo‘ladigan bahsda tarkib rotatsiya qilinadi. Mats Hummels va Lorentso Pellegrini boshlang‘ich tarkibga qaytadi. Shuningdek, Evropa ligasi qaydnomasidan chetda qolgan yangi futbolchilar – Lukas Gurna-Duat hamda Anass Salohiddinga imkoniyat beriladi.

“Portu”ga qarshi bahsda jarohat olgan Paulo Dibalaning yo‘qligini bildirmagan Baldantsi bu gal ham jamoaga yordam berishi kerak. Nihoyat, Eldor Shomurodov tizzasidagi jarohat bezovta qilayotgan va hordiq chiqarishga ehtiyoj sezayotgan Artyom Dovbik o‘rniga hujum markazidan o‘rin oladi, - deb yozdi  siamolaroma.it sayti eksperti Federiko Tonini.

Ta’kidlash joizki, garchi 29 yoshli legionerimiz mavsumni “Roma”da yakunlanishi ehtimoli juda katta bo‘lsa-da, kelajakda boshqa jamoaga o‘tishi mumkin. Aslida hozirning o‘zida hamyurtimizga “Toronto” qiziqish bildirmoqda. MLS chempionati ishtirokchilari uchun transfer bozori aprelning oxirgi haftasigacha ochiq bo‘ladi.

Bundan tashqari, A Seriyaning o‘zidan “Torino” o‘zbek futbolchisini yozda o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Eldor Shomurodov bu mavsum barcha turnirlarda 20 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqish imkoniyati qanday baholandi?

Gvardiola Husanovni o‘ynatish masalasida nimalar dedi? Muxlislarchi?

Fayzullaev Evropaga ketadigan qancha o‘zbek futbolchisi borligini aytdi

Husanov yana gol uradi! “Manchester Siti” Angliya kubogida sensatsiya ko‘targan o‘ta xavfli raqibga ro‘baro‘ bo‘ldi
Fayzullaev Husanov muhim voqeaga sababchi bo‘lganini aytdi!
Fayzullaev xavotirga solyapti!
Fayzullaev asosiy tarkibdan chiqarildimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Болельщик
16/02/2025 12:09
Довбик хассада болса хам тушади
&
Азизжон
15/02/2025 22:49
Яна билмадим тагин