Endi MYu Pogbani 200 mln evroga ham sotmaydi

  • 15 avgust, 2019, 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbaning transferi bo‘yicha ishni yopdi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra frantsiyalik futbolchining “Real”ga o‘tish ehtimollari juda past bo‘lgan. Biroq, MYu rahbariyati uni Angliyada transfer oynasi yopilganidan keyin ham sotib yuborishga rozi bo‘lishgan.

Lekin endi vaziyat o‘zgargan. Mankuanliklar Pogbani xatto 200 mln evrolik taklif bo‘lsa ham sotishmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Pogba APLning 1-turida “Chelsi”ga (4:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jamoasining 2ta goliga assistentlik qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!