
Endi O‘zbekiston terma jamoalari 6 xil hajmdagi qadoqlangan suvlar bilan ta’minlanadi (Foto)
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol va futzal bo‘yicha terma jamoalarni tabiiy va mikroelementlarga boy suv bilan ta’minlash maqsadida "VERO BEVERAGES" MChJ bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda O‘zbekiston terma jamoalari yuqori sifati bilan qadrlanadigan, murakkab filtrlash jarayonidan o‘tadigan, 6 xil hajmdagi OMAF qadoqlangan suvlari bilan ta’minlanadi.
OMAF ichimlik suvi er ostidagi chuqur qatlamlaridan olinadi, shu sababli suv mayin, toza va tabiiy minerallarga boy hisoblanadi.
O‘FA hamda "VERO BEVERAGES" o‘rtasidagi ushbu muvaffaqiyatli kelishuv O‘zbekiston terma jamoalarining istiqboldagi zafarlariga o‘z ulushini qo‘shishiga ishonamiz.
Fikrlar