Endi Riberining ismi Ronaldu va Messi bilan bir qatorda tilga olinadi

  • 30 yanvar, 2021, 16:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fiorentina" yarim himoyachisi Frank Riberi ketma-ket 17 mavsumdan buyon Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida gol urib kelayotgan 5-futbolchiga aylandi.

37 yoshli frantsiyalik futbolchi kecha "Torino"ga (1:1) qarshi o‘yinda jamoasiga 1 ochko keltirgan golga mualliflik qildi.

Opta statistik portali tarqatgan xabarga qaraganda, ushbu natijani Riberigacha faqatgina Krishtianu Ronaldu ("Yuventus"), Lionel Messi ("Barselona"), Serxio Ramos ("Real") va Xoakin Sanches ("Betis") qayd etgan xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!