Endi "Sporting"da Ronaldudek super yulduzlar tarbiyalanadi

  • 22 sentabr, 2020, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sporting” klubi o‘z akademiyasiga Krishtianu Ronaldu nomini berganini rasman e’lon qildi.

Tecno

- Bundan buyon “Sporting” akademiyasi Portugaliyaning barcha zamonlardagi eng zo‘r o‘yinchisi, dunyoning eng yaxshi futbolchisi va besh karra oltin to‘p sohibi Krishtianu Ronaldu nomi bilan ataladi.

Krishtianu jamoamizga 1997 yili 12 yoshida kelib qo‘shilgan. 2002 yilning 14 avgust kuni 17 yoshida kattalar o‘rtasida debyutini nishonladi. Bu tarixiy voqea Milanda “Inter”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda ro‘y berdi. Klub o‘zining buyuk futbolchi nomini abadiylashtirish orqali yosh iste’dod egalariga o‘zgacha ishtiyoq va ilhom taqdim etadi.

Qulay fursat bo‘lishi bilan biz yangi nomlangan akademiyaning rasmiy ochilish marosimini tashkil etamiz. Krishtianu Ronaldu akademiyasi “Sporting”ni butun dunyoga tanitadi, - deyiladi klub bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!