
Endi UFC jangchilari promoushendagi janglarga pul tikishi taqiqlanadi
Jurnalist Ariel Xelvanining xabar berishicha, UFC jangchilar va ularning jamoalariga promoushendagi janglarga pul tikishni taqiqlab, qoidalarni o‘zgartirgan. Xabarda aytilishicha, bunga bukmekerlik kontoralarining “aniq ko‘rsatmasi” sabab bo‘lmoqda.
“UFC hozirgina jangchilar va menejerlarga sportchilarning xulq-atvori siyosatidagi o‘zgarishlar haqida eslatma chiqardi: endi UFC jangchilariga ular qatnashgan yoki qatnashmagan har qanday UFC jangga pul tikishi taqiqlanadi. Lekin ular baribir bukmekerlik kontoralaribilan hamkorlik qilishlari mumkin”, — deyiladi xabarda.
Fikrlar