
Endrik va Guler mashg‘ulotlarni to‘xtatishga majbur bo‘ldi
Chorshanba kuni “Real” Londonning “Chelsi” klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi va har ikkala yosh iqtidor sohibi bo‘lajak o‘yinni o‘tkazib yuborish xavfi ostida.
Jurnalist Gilermo Rai xabariga ko‘ra, 18 yoshli braziliyalik va 19 yoshli turkiyalik futbolchilar dushanba kuni "Real Madrid" mashg‘ulotini yakunlay olmadi. Qayd etilishicha, ikkala futbolchi ham ortiqcha yuklamalar tufayli safdan erta chiqishgan.
Eslatib o‘tamiz, Endrik o‘tgan oyda Braziliyaning "Palmeyras" jamoasidan ko‘chib o‘tgan madridliklar safiga qo‘shildi. Arda Guler esa, o‘tgan yozdan beri Karlo Anchelotti jamoasida to‘p surmoqda.
Fikrlar