
Eng ko‘p chempion va muxlis qaysi stadionda qayd etilganini bilasizmi? Boshqa kerakli ma’lumotlar ham bor. Hammasi O‘zbekiston Superkubogi haqida
Ertaga, 27 fevral kuni Yaypanda O‘zbekiston Superkubogi bo‘lib o‘tadi. Unda Superliga chempioni "Paxtakor" kubok sohibi "Nasaf" bilan kuch sinashadi. Bellashuv 16:00da boshlanadi. Uchrashuv oldidan Superkubok haqida ma’lumotlarni taqdim etamiz.
O‘zbekiston Superkubogi 1999 yili tashkil etilgan. Unda kubok sohibi "Navbahor" Farg‘onada chempion "Paxtakor" bilan bellashgan va 4:2 hisobida zafar quchgan. O‘yinga "Neftchi" stadioni mezbonlik qilgan, 6000 muxlis bahs shohidiga aylangan.
Superkubok yo‘lga qo‘yilganu, lekin davom ettirish juda qiyin kechgan. Sababi 2000-2013 yillar o‘yinlar o‘tkazilmagan.
2014 yili kubok va chempion sanalgan "Bunyodkor" oliy ligada 2-pog‘onani band etgan "Lokomotiv" bilan kuch sinashgan va "qaldirg‘ochlar" bitta to‘p farqidagi g‘alabaga erishgan - 2:1. O‘yin Toshkentdagi "Jar" stadionida tashkil etilgan. 4751 ishqiboz arenaga kelgan.
Keyingi yili kubok egasi "Lokomotiv" chempion "Bunyodkor" o‘yingohida 7200dan ortiqroq muxlis qarshisida chempion "Paxtakor"ni 4:0 hisobida tor-mor keltirgan.
2016 yili "Nasaf" ham kubokni qo‘lga kiritgach, chempion "Paxtakor"ni mag‘lubiyatga uchratgan 1:0. O‘shanda "Bunyodkor" stadioniga 4748 ishqiboz tashrif buyurgan.
2017-2018 yillar Superkubok o‘tkazilmagan. 2019 yili Superliga g‘olibi "Lokomotiv" kubok sohibi AGMKni 2:1 hisobida taslim etgan. Bellashuv "Paxtakor" stadionida 18000 muxlis qarshisida o‘tkazilgan.
O‘tgan yili "Paxtakor" qora an’anaga barham berib, “Nasaf”ni Samarqandda dog‘da qoldirgan. Yagona gol “sherlar”ga ilk superkubokni taqdim etgan. 4000 muxlis shohidligidai bahs taqdirini Dragan Cheranning goli hal qildi.
Ko‘rib turganingizdek, "Lokomotiv" Superkubokda 2 bor zafar quchgan holda ushbu sovrinni eng ko‘p qo‘lga kiritgan jamoa bo‘lib turibdi. "Navbahor" ushbu kubokning birinchi egasi bo‘lsa, oxirgi marta "Paxtakor" Superkubokni o‘ziniki qilgan. "Bunyodkor", "Nasaf" va “Paxtakor” bir martadan sovringa erishgan.
Yili | G‘olib | Hisob | Mag‘lub | Stadion | Tomoshabinlar soni |
---|---|---|---|---|---|
1999 | Navbahor (Namangan) O‘zbekiston kubogi sohibi 1998 |
4 : 2 | Paxtakor (Toshkent) O‘zbekiston chempioni 1998 |
Neftchi, Farg‘ona |
6000 |
2000—2013 | O‘tkazilmagan | ||||
2014 | Bunyodkor (Toshkent) O‘zbekiston chempioni 2013 O‘zbekiston kubogi sohibi 2013 |
2 : 1 | Lokomotiv (Toshkent) O‘zbekiston chempionatida 2-o‘rin 2013 |
Jar, Toshkent |
4751 |
2015 | Lokomotiv (Toshkent) O‘zbekiston kubogi sohibi 2014 |
4 : 0 | Paxtakor (Toshkent) O‘zbekiston chempioni 2014 |
Bunyodkor, Toshkent |
7216 |
2016 | Nasaf (Qarshi) O‘zbekiston kubogi sohibi 2015 |
1 : 0 | Paxtakor (Toshkent) O‘zbekiston chempioni 2015 |
Bunyodkor, Toshkent |
4748 |
2017 | O‘tkazilmagan | ||||
2018 | O‘tkazilmagan | ||||
2019 | Lokomotiv (Toshkent) O‘zbekiston chempioni 2018 |
2 : 1 | AGMK (Olmaliq) O‘zbekiston kubogi sohibi 2018 |
Paxtakor, Toshkent |
18000 |
2020 | O‘tkazilmagan | ||||
2021 | Paxtakor (Toshkent) O‘zbekiston chempioni 2020 |
1 : 0 | Nasaf (Qarshi) O‘zbekiston chempionatida 2-o‘rin 2020 |
Dinamo, Samarqand |
4000 |
Fikrlar