
Eng kuchli futbolchimiz Evropani emas, Xitoyni tanlaganiga izoh berdi
O‘zbek futbolining oxirgi yillardagi eng yorqin yulduzlaridan biri Odil Ahmedov https://sport24.ru sayti jurnalisti Vladislav Shapiroga intervyu berdi.
Ahmedov intervyusi davomida Rossiya premer-ligasidan keyin nega Evropani emas, Xitoy chempionatini tanlagani haqida ham ma’lumot berdi.
- Kuchga to‘lgan paytingiz nega Xitoyga ketdingiz?
- O‘sha paytda menda ikkita taklif bor edi. Biri “Nitstsa”dan, ikkinchisi “Shanxay SIPG”dan. Uzoq o‘yladim, oilam bilan maslahatlashdim. Xitoyliklar ancha katta sharoitlarni taklif qilishdi va “Shanxay”ga o‘tib ketdim.
Qo‘shimchasiga, “Shanxay”ni boshqargan Villash Boashning shaxsan o‘zi meni jamoasida ko‘rishni istagan edi. Keyin “Shanxay”ga Xalk va Oskar qo‘shildi. Jamoada kuchli legionerlari bor zo‘r tarkibga ega bo‘ldi.
- Xalk bilan rus tilida gaplashmaganmisiz?
- Xalkning ruschasi yomn, deyarli yo‘q darajada. Lekin Xalk Xito chempionatigi eng kuchli futbolchilardan biri edi. Shunga qaramay, har doim o‘z ustida ishlardi. Mashg‘ulotlardan keyin ham shug‘ullanardi. Zarbasi aqlbovar qilmas darajada kuchli.
- Rossiya futboli kuchlimi yoki Xitoyniki?
- Rossiyaniki. Rossiya premer-ligasi Xitoy chempionatidan qiziqarliroq. Asosiy farq shundaki, Rossiyada jismoniy tomonga e’tibor qaratiladi, Xitoyda texnikaga.
- Odamlarning ham farqi bormi?
- Xitoydagilar oddiy va deyarli bir xil. Qaysi kishi boy yoki aksincha ekanini bilmaysan. Rossiyada hammasi boshqacha.
Yana bir muhim farq – taomlar. Ular noodatiy narsalarni ham eydi. Lekin men bilan o‘zbek oshpaz birga bo‘lgan va u men yoqtirgan taomlarni tayyorlardi. Men mahalliy yigitlarni mehmonga chaqirardim, ular moslashishimga katta yordam bergan, palov bilan mehmon qilardim. Ularning aksariyati bilan hali ham aloqa qilamiz.
- Xitoyda nima eng katta taassurot qoldirdi?
- Qattiq tartib-intizom. Nafaqat futbolda, balki oddiy hayotda ham. Xitoyliklarning hammasi o‘ta tartibli.
- Siz o‘ynagan “Shanxay SIPG” jamoasiga Artyom Dzyuba ham o‘tishi mumkin edi...
- Bu haqida eshitgandim, o‘qigandim, lekin bari oddiy mish-mishlar, deb o‘ylayman. Agar Xitoyda Dzyubani olishmoqchi bo‘lishganida har qanday summani to‘lashardi.
- Nega u “Adana Demirspor”da deyarli o‘ynamayapti?
- O‘ylashimcha, o‘yinidagi pasayish yoshi bilan bog‘liq. “Zenit”da unga doimo o‘yin amaliyoti berilgani formasini ushlab turgan, lekin hozir u 34 yoshda. Lekin men Dzyuba hali o‘ynab ketishiga ishonaman. Yaxshi sifatlari bor. Raqib jarima maydonchasi ichida Artyom hali ham juda xavfli.
"Arsenal" so‘ragan legionerimizni jamoasi Angliyaga qo‘yib yubormagan ekan...
Shomurodovga “Roma”dan ketishni tavsiya qilishdi...
Fikrlar