Eng qimmat angliyalik futbolchi nomi o‘zgardi

  • 8 iyun, 2023, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jud Bellingem tarixdagi eng qimmat ingliz futbolchisiga aylandi. Dortmundning "Borussiya" klubi kecha 19 yoshli yarim himoyachining "Real"ga o‘tganini e’lon qildi. Nemis klubi ushbu transferdan bonuslar bilan birga 115 million funt ishlab oladi.

Shu tariqa Bellingem tarixdagi eng qimmat yangliyalik futbolchiga aylandi. Boisi uning transfer narxi “Manchester Siti” Jek Grilish uchun “Aston Villa”ga to‘lagan summadan (100 million funt) oshib ketdi.

Eng qimmat angliyalik futbolchilar ro‘yxatida uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni Xarri Maguayr va Jeydon Sancho egallab turibdi. Ular uchun “Manchester Yunayted” mos ravishda 80 million va 73 million funt to‘lagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!