Eng qimmat o‘yinchi Gvardiola ishonchini oqlay olmayapti

  • 21 noyabr, 2022, 20:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” 2021 yilning yozida o‘z tarixidagi eng katta transferni amalga oshirib, “Aston Villa”dan Jek Grilishni 117,5 million evroga sotib olgan edi.

Tecno

“Shaharliklar” safiga o‘tgan futbolchining o‘yinida keskin pasayish kuzatildi. O‘tgan mavsumda etarli darajada o‘zini ko‘rsata olmagan hujumkor  futbolchi hali ham o‘yinini tiklab olgani yo‘q.

Ma’lumotlarga qaraganda,  “Manchester Siti” qimmatbaho o‘yinchini sotib yuborish variantlarini o‘rganib chiqmoqda.

Jek Grilishning o‘zi ham bundan xabar topdi va kelajagi haqida xavotirlanmoqda.

Xosep Gvardiola joriy mavsumda barcha turnirlarda uni 16 marotaba maydonga tushirdi. Murabbiy va muxlislar ishonchini oqlay olmayotgan futbolchi imkoniyatlardan foydalana olmadi va atigi bitta gol bilan cheklanib qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!