Eng zo‘r qilichbozlarimiz g‘olib bo‘ldi

CHERY AUTO

Toshkent shahridagi “Paxtakor” qilichbozlik sport majmuida 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakuniga etdi.

Tecno

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan 90 nafarga yaqin sportchi bir hafta davomida qilichbozlikning shpaga, rapira va sablya yo‘nalishidagi yakkalik hamda jamoaviy bellashuvlarda chempionlik uchun kurash olib bordi.

Bellashuvlar yakuniga ko‘ra, yakkalik bahslarida Karina Qurbonova (Milliy klub) oltin medalga sazovor bo‘ldi. 2-o‘rin Darina Bobojonova (Toshkent)ga nasib etdi. 3-o‘rinni esa Viktoriya Tarshilova (Toshkent) hamda Dilnaz Usnatjonova (NOPSTM)lar bo‘lib olishdi.

O‘g‘il bolalar bahsida Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quvchisi Shonnazar Obilovga teng keladigani topilmadi. 2-o‘ringa milliy klub sportchisi Saidibrohim Olimov ko‘tarildi. 3-o‘rinni Nurkeldi Nurganboev (NOPSTM) va Azizbek Karimboev (Toshkent) egalladi.

Jamoaviy bahslarda «Toshkent-2» qizlari g‘oliblik shosupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi. «Qoraqalpog‘iston-1» 2- va 3-o‘rin «Toshkent-1», «Qoraqalpog‘iston-2» jamoalariga nasib etdi.

O‘g‘il bolalar bahsida 1-o‘ringa «Qoraqalpog‘iston-1» yigitlari ko‘tarildi. Keyingi o‘rin «Toshkent-1» jamoasiga loyiq ko‘rildi. 3-o‘rinni esa «Qoraqalpog‘iston-2» hamda «Qoraqalpog‘iston-3» sportchilari olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!