Enrikega La Liga va APL klubidan taklif bor

  • 09.12.2022 18:02
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Luis Enrike "Atletiko" yoki "Manchester Yunayted"da ishlashga tayyor. 

As nashri bergan xabarga ko‘ra, Madrid klubi Ispaniya terma jamoasini tark etgan mutaxassis bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko‘radi. Buning uchun Diego Simeone yozda "matraschilar" bosh murabbiyligidan ketishi lozim. 

Shuningdek, Enrikega APL klubidan ham takliflar bor. Agar Luis Angliyaga boradigan bo‘lsa, faqatgina top jamoalar bosh murabbiyligida o‘zini sinab ko‘rmoqchi. Ma’lum bo‘lishicha, u "Manchester Yunayted"da ish boshlashi mumkin. Hammasi Ten Xagning mavsum ikkinchi yarmida "qizil iblislar" bilan qanday natija qayd etishiga bog‘liq. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!