
Entoni Joshua Fyuri va Uaylder o‘rtasidagi jangda kim g‘olib bo‘lishini aytdi
WBA, WBO, IBF va IBO yo‘nalishlari chempioni Entoni Joshua WBC chempioni Deontey Uaylder va Tayson Fyuri o‘rtasida kechadigan jangda kim g‘olib bo‘lishini aytib o‘tdi.
"O‘ylashimcha, Fyuri g‘olib bo‘ladi. Dastlabki jangda u g‘alabaga yaqin edi. Revanshda u imkoniyatni qo‘ldan boy bermasligi kerak!
Odamlar birinchi jangda Fyuri g‘alaba qozonganini aytishmoqda. Kim biladi? Umid qilamanki, avvalgi holatiga nisbatan, u yaxshi sport formasida bo‘la oladi," - dedi Joshua.
Eslatib o‘tamiz, Fyuri va Uaylder o‘rtasidagi revansh 22 fevral kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar