Entoni Joshua hamda Kubrat Pulev qancha tosh bosdi yoxud ularning jangdan avvalgi so‘ngi tadbiri qanday yakunlandi?(Video)

  • 11 dekabr, 2020, 19:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

12 dekabr kuni professional boks olamida ajoyib boks oqshomi tashkil qilinadi. Londonning mashhur "Uembli" arenasida bo‘lib o‘tadigan jang kechasining markaziy to‘qnashuvi super og‘ir vazn toifasida WBO, WBA, IBF hamda IBO chempionlik kamari sohibi britaniyalik Entoni Joshua va bolgariyalik Kubrat Pulev o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. 

Jang avvalidagi marosimlar - matbuot anjumani va birinchi ko‘z urishtirishdan so‘ng, oxirgi uchrashuv va vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Joshua 109,2 kg, Pulev esa 108,7 kg tosh bosdi. 

Quyida, ularning navbatdagi ko‘z urishtirish marosimidan lavhani taqdim etamiz.

 Entoni Joshua hamda Kubrat Pulev ko‘z urishtirish marosimida ishtirok etdi(Video)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!