Enzo Fernandez "Real"ga o'tishga tayyor

  • 07.06.2026 12:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" yarim himoyachisi Enzo Fernandez faoliyatini Ispaniyada davom ettirishni istamoqda.

"El Debate" nashri ma'lumotiga ko‘ra, argentinalik futbolchi Madriddning "Real" klubi bilan besh yillik shartnoma imzolashga tayyor.

Biroq transfer amalga oshishiga asosiy to‘siq futbolchining narxi bo‘lib turibdi. Londonliklar Entsoni 138 million yevroga baholamoqda va uni arzon narxda qo‘yib yuborish niyatida emas.

Ma'lumot uchun, Fernandezning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2032 yil o‘rtasiga qadar mo‘ljallangan.

Argentinalik yarim himoyachi o‘tgan mavsumda 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!