Enzo Mareska "Manchester Siti"ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi kutilmoqda

  • 19.05.2026 14:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" klubi va 46 yoshli mutaxassis Enco Mareska oʻrtasida toʻliq ogʻzaki kelishuvga erishildi. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano maʼlum qildi.

Maʼlumotga koʻra, Mareska "Manchester Siti" bilan uch yillik shartnoma imzolaydi va jamoa boshqaruvida Pep Gvardiola oʻrnini egalaydi.

Italiyalik mutaxassis soʻnggi marta "Chelsi" jamoasini boshqargan boʻlib, u klubda 2024 yil iyuldan 2026 yil yanvargacha faoliyat olib borgan. Shuningdek, Mareska avvalroq 2022/23 mavsumda "Manchester Siti"da Gvardiolaning yordamchi murabbiyi sifatida ishlagan.

Pep Gvardiola esa 2016 yildan beri "Manchester Siti"ni boshqarib kelmoqda va uning rahbarligi ostida jamoa 20 ta sovrinni qoʻlga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!