Enzo Fernandez nega "Manchester Siti"ga o'tganini tushuntirdi

  • 07.09.2026 22:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» tarkibiga qo‘shilgan yangi yarim himoyachi Enzo Fernandez o‘zining yangi klubga o‘tishi haqida fikr bildirdi.

Argentinalik futbolchi yangi jamoasi haqida iliq so‘zlar aytdi. Uning ta’kidlashicha, «shaharliklar» hozirgi kunda Angliyadagi eng muvaffaqiyatli klub hisoblanadi.

«So‘nggi yillarda «Manchester Siti» Angliyada eng muvaffaqiyatli klubga aylandi. Har qanday futbolchi bunday jamoaning bir qismi bo‘lishni istaydi. Hamma «Siti» qanday yaxshi tashkil etilganini biladi», — deya keltiradi Fernandez so‘zlarini «Manchester Siti» matbuot xizmati.

Enzo Fernandez yakunlangan transfer oynasidan foydalanib klubini almashtirdi. Yarimhimoyachi «Chelsi»dan «Manchester Siti»ga o‘tdi. «Shaharliklar» bu transfer uchun katta mablag‘ sarfladi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Fernandez uchun to‘langan summa 125 million funtni tashkil etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!