
Erik Dayer faoliyatini MYuda davom ettirishi mumkin
Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Erik Dayer "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” mavsumlar oralig‘ida o‘zlarining markaziy chiziqlarini kuchaytirishni rejalashtirishgan va bu borada aynan 25 yoshli angliyalik futbolchini sotib olishni maqsad qilishgan.
Ma’lumot uchun, Dayer o‘tgan mavsum “Tottenxem” safida jami 32ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta golga mualliflik qildi.
Fikrlar