Erik ten Xag haydagan o‘yinchi ishsiz qolmaydi

  • 22 oktabr, 2023, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan urishib qolgan Jeydon Sancho jamoadan chetlatilgan va bir yarim oydan beri asosiy tarkib mashg‘ulotlariga qo‘yilmayapti.

Tecno

23 yoshli futbolchining o‘zi jamoadoshlarining iltimosiga qaramay, bosh murabbiydan uzr so‘ragani yo‘q.

Klub rahbariyati yanvarda iste’dodli hujumkor futbolchini ijaraga berib yuborishni rejalashtiryapti.

Sky Sports nashriga ko‘ra, Jeydon Sanchoni Germaniya, Italiya, Turkiya jamoalari o‘z safida ko‘rmoqchi. Aksariyat klublar uni yarim mavsumga ijaraga olishga tayyor.

Manbalarning ma’lum qilishicha, “Yuventus” va Jeydonning sobiq jamoasi “Borussiya Dortmund” o‘yinchini olish uchun  boshqa klublarga qaraganda jiddiy harakatlarni amalga oshiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!