
Erik Ten Xag MYuning super kambeki haqida nimalar dedi?
Bugun tunda "Manchester Yunayted" "Aston Villa" bilan kuch sinashdi. Unda "qizil iblislar" iroda namoyish etib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur bellashuvdan so‘ng manchesterliklar bosh murabbiyi Erik Ten Xag matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Maydondagi atmosfera birinchi taymdagi holatdan chiqib ketishimizga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ilk bo‘limda haqli tarzda ikki to‘p farqi bilan yutqazayotgandik.
Tanaffusda jamoamga: "Ishonishda davom eting, qo‘lingizdan kelganidanda ko‘proq ishni bajarishga harakat qiling", - dedim. Hisob 1:2 ko‘rinishiga kelganda, biz bosimni yanada kuchaytirdik. Keyin nima bo‘lganini o‘zingiz ko‘rdingiz.
Uchrashuvdan oldin biz "Arsenal", "Liverpul" kabi jamoalar bilan bellashishimiz kerakligi haqida gapirgandim. Agar eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsata olsak, har qanday raqibni enga olamiz. 0:2 hisobida yutqazamizmi yoki undan ham yirikroq hisob bo‘ladimi, g‘alaba uchun oxirigacha ishonish va harakat qilish kerak", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Fikrlar