Erkin agentga aylangan mashhur hujumchi faoliyatini Superligada davom ettirishi mumkin

  • 23 iyul, 2023, 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Kristal Pelas"dan ketganidan so‘ng erkin agentga aylangan ivuarlik hujumchi Vilfrid Zaxa faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchining xizmatlariga Istanbulning “Galatasaroy” klubi qiziqish bildirmoqda.

Manbaning yozishicha, turk grandi afrikalik futbolchiga yiliga 9 million evro maosh to‘lashga tayyor.

Ma’lumot uchun, Vilfrid 2015 yildan beri “Kristal Pelas” safida to‘p suradi. Hujumchi Angliya Premer-ligasining so‘nggi mavsumida 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
24/07/2023 18:12
Бу журналистларга мақолани ўқимасанг ҳам, очсанг бўлди. Боггерларга ўхшаб "очко" олади. Шунинг учун "қичима" сарлавҳаларни, саводсизларча ўйлаб топишади. Сарлавҳа ярим мазмуни(мақоланинг) эканлигини булар қаёқдан билсин.
&
Махмуд1966
23/07/2023 18:34
Шу сарлавха куйишгаям чичиб-чичиб куясизларда!!!