Erling Xoland Ronalduning natijasini 19 ta o‘yindayoq yangilab qo‘ydi
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland APLdagi het-triklar soni bo‘yicha Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.
Norvegiyalik forvard Premer-liganing 21-turi doirasidagi "Vulverhempton"ga qarshi o‘yinda o‘z nomiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Erling 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 marta het-trik qayd etdi. "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Krishtianu esa 3 bor het-trik qilgan.
Rekord Serxio Agueroga tegishli hisoblanadi. Uning hisobida 12 ta het-trik mavjud.

Fikrlar