Erling Xolandning otasi Norvegiya – Angliya o‘yinidagi hakamlikni tanqid qildi

  • 12.07.2026 19:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holandning otasi, milliy jamoa sobiq a’zosi Alf-Inge Holand fikricha, hakamlar xatosi Norvegiya va Angliya terma jamoalari oʻrtasidagi jahon chempionati uchrashuvi natijasiga jiddiy ta’sir koʻrsatgan. U bu haqida DAZN telekanaliga bergan intervyusida soʻz yuritgan.

Avval xabar qilingandek, Norvegiya jahon chempionati chorak finalida Angliyaga qoʻshimcha vaqtdan soʻng 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda Angliyaning goli oldidan bahsli vaziyat yuzaga kelgan edi. Norvegiya darvozaboni Er’yan Nyuland darvoza zarbasini amalga oshirayotganda, maydon ustida ilib qo‘yilgan telekabelga tegib ketdi. Natijada toʻp yoʻnalishini oʻzgartirib, Elliot Anderson oyoqlari ostiga tushdi va u Angliyaning golli hujumiga start berdi. Bu gol bekor qilinmadi.

«Bugun gʻalaba qozoongan jamoa emas, hakam boʻldi, mening fikrim shu. Odatda oʻyindan keyin rasmiy shaxslar haqida gapirishni yoqtirmayman, lekin shuncha muhim epizodlar bir jamoa zarariga hal etilayotganda, bunga koʻz yumish mumkin emas, – dedi Holand katta. – Uyin davomida bir qator bahsli qarorlarni koʻrdik va har gal shunday vaziyatlar Angliya foydasiga hal boʻlayotgandek tuyuldi».

«Norvegiya terma jamoasidan juda faxrlanaman, chunki ular bir daqiqa ham kurashishdan toʻxtamadi. Turnirning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi jasorat, intizom va ishonch bilan oʻynashdi. Angliya terma jamoasi juda kuchli raqib, ularni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Lekin bu kechaning asosiy mavzusi futbol emas, balki hakamlik boʻlib qolgani hissidan qutula olmayapman», – deya qoʻshimcha qildi u.

Yarim finalda Angliya 15 iyul kuni Argentina terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Jahon chempionati 19 iyul kuni yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!