Ernan Krespo iste’foga chiqarildi

  • 1 sentabr, 2019, 22:24
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Argentinaning "Banfild" klubi bosh murabbiyi Ernan Krespo iste’foga chiqarildi.

Klub rahbarlari jamoaning qoniqarsiz natijalari tufayli sobiq hujumchini ishdan bo‘shatishdi.

Argentinalik 2018 yilning dekabr oyida jamoa ustoziga aylangan edi. Shu kungacha, Krespo 18 ta bahsda ishladi va bor-yo‘g‘i 4 ta g‘alaba qozondi, yana 6 ta bellashuv durang bilan yakunlandi va 8 bor mag‘lubiyatga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, Krespo "Banfild"ga kelgunicha, "Parma" vitse-prezidenti bo‘lib ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!