Ernesto Valverde: "Barselona"ni chempion deyishga hali erta
Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde kecha "Real Sosedad" (2:1) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng jurnalistlardan hali chempionlik haqida gapirmaslikni so‘radi.
“Bugun biz uchun muhim o‘yin edi. Chempion bo‘lishimiz uchun yana 9 ochko jamg‘arishimiz lozim. Hamma bizni chempion deb aytmoqda, ammo biz hali unga erishmadik. Oxirgi o‘yin yakunlanmagunicha hech narsa ma’lum bo‘lmaydi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” ayni damda 77 ochko bilan La Liga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinda borayotgan “Atletiko” hisobida esa 68 ochko mavjud.
Fikrlar