
Eron bosh murabbiyi: "Taxminan sakkiz oy oldin federatsiyaga o‘z rejalarimni berganman va o‘sha rejada CAFA musobaqalarida qatnashmasligimizni aytgandim, biroq..."
Xabaringiz bor, 29 sentyabrdan boshlab "CAFA Nations Cup-2025" turniri start oldi.
"B" guruhida Eron terma jamoasi Afg‘oniston bilan bellashib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyin Amir G‘alenoyi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Avvalo, Afg‘oniston terma jamoasini tabriklayman. Men avvalroq aytgandimki, Osiyoda futbol rivojlanmoqda va kuchsiz jamoa qolmadi.
"O‘yin davomida bir qancha muammolarga duch keldik. Futbolchilarimning ayrimlari charchagan holda etib keldi. Biz bu o‘yinga deyarli mashg‘ulot qilmasdan chiqdik.
10 kun ichida 4 ta o‘yinimiz bo‘lishi normal holat, agar liga o‘yinini ham hisobga olsak, beshta o‘yin bo‘ladi va biz har bir o‘yin o‘rtasida kuchimizni taqsimlashimiz kerak.
Futbolchilarimizning darajasini oshirish uchun yuqori saviyali jamoalarga qarshi o‘ynashimiz kerak. Umuman olganda futbolchilardagi charchoq alomatlari tufayli bir qancha imkoniyatlarni golga aylantira olmadik.
Afg‘onistonning oldingi o‘yini Suriyaga qarshi bo‘lgan va ular o‘sha o‘yinda mag‘lub bo‘lmasligi kerak edi. Umuman olganda, jahon futboli rivojlanib bormoqda va hech qanday raqib oson emas.
CAFA musobaqasi boshlanishidan oldin biz janob Xarati bilan katta o‘yinlar kutayotgan edik. Chunki boya aytgandimdek, kattaroq jamoalor bilan o‘ynamasak, o‘smaymiz. Taxminan sakkiz oy oldin federatsiyaga o‘z rejalarimni berganman va o‘sha rejada CAFA musobaqalarida qatnashmasligimizni aytgandim, lekin har qanday holatda ham vaziyatni hisobga olish kerak", - dedi G‘alenoyi.
Fikrlar