Eron chempionati. "Istiqlol" yana etakchiga aylanib oldi

  • 13 may, 2024, 23:52
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron chempionati 27-turi doirasidagi "Istiqlol" - "Fulad" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bellashuvdagi yagona gol 58-daqiqada Iman Salimi tomonidan kiritildi. Legionerimiz Jaloliddin Masharipov asosiy tarkida maydonga tushdi va 90-daqiqada almashtirildi. 

Ma’lumot uchun, Tehronning ikki klubi - "Istiqlol" va "Persepolis" chempionlik uchun kurashmoqda. Bugungi o‘yindan so‘ng Masharipov jamoasi O‘runovning klubidan o‘tib ketdi. Oradagi farq bir ochkoni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!