
Eron chempionati. Oston qaytdi, ammo jamoasi autsayderga yutqazdi. O‘tkir Yusupovning jamoadoshi esa 2 ta avtogol urdi
Eron chempionatida 24-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
"Persepolis" safarda "Shams Azar" jamoasiga kutilmaganda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu o‘yinda hamyurtimiz Oston O‘runov 84-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Shuningdek, O‘tkir Yusupov to‘p tepuvchi "Fulad" klubi "Sepaxon"ga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Har ikki golni Ali Nemati o‘z darvozasiga urdi.
Fikrlar