
Errol Spens va Denni Garsiya o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Yarim o‘rta vaznda (66.8 kg) WBC va IBF chempioni Errol Spens (26-0, 21 KO) o‘zining navbatdagi jangini 21 noyabr kuni o‘tkazadi. Bu borada sportchi o‘z tvitter sahifasida ma’lum qildi. Spens kamarlarini WBC yo‘nalishidagi majburiy da’vogar Denni Garsiyadan (36-2, 21KO) himoya qiladi. Ammo jang manzili hali e’lon qilinmadi.
Eslatib o‘tamiz: ushbu vaznda hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov va Sergey Lipinets 10 oktyabr kuni vaqtinchalik IBF jahon chempionlik kamari uchun jang olib boradi. Mazkur jang g‘olibi Errol Spens va Denni Garsiya to‘qnashuvida zafar quchgan bokschiga qarshi majburiy da’vogarga aylanadi.
Fikrlar